Xotinimga ikkinchi xotin olmoqchiligimni aytdim: ayolim bitta shart bilan rozi bo‘ldi...

Xotinimga ikkinchi xotin olmoqchiligimni aytdim: ayolim bitta shart bilan rozi bo‘ldi...
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Erkak ikkinchi xotin olmoqchi bo'lganida, xotini bunga bir shart bilan rozi bo'ladi: u kelin bo'ladigan ayolga telefon qilib, ba'zi haqiqatlarni aytmoqchi.
  • Ma'lum bo'lishicha, bu ayol erkakning singlisi bo'lib, xotini og'ir kasalligi tufayli farzandlariga uning singlisini onalik qilishini istagan.
  • Xotini o'limidan oldin bolalari uchun eng yaxshi onani tanlab, ularning taqdirini himoya qilishga qaror qilgan.

Xotinimga ikkinchi xotin olmoqchiligimni aytdim, ayolim esa roziman, faqat bitta shartim bor, dedi.

«Qanday shart?» — dedim.

«Men u ayolga telefon qilib, ba’zi haqiqatlarni aytaman», — dedi.

«Men uning telefon raqamini bermayman senga», — dedim.

Shunda ayolim: «Berishingiz shart emas. Uning raqami menda bor. Uni juda yaxshi taniyman», — dedi.

Men shokka tushib qoldim.

«Kim deb o‘ylayapsan?» — deganimda, ayolim:
«Men uni sizdan ham yaxshi taniyman. U ayol…»

​​«U ayol — mening singlim. Bu o‘yinni o‘zim xohlab uyushtirdim. Singlimni ham zo‘rg‘a ko‘ndirdim. Dadasi, xijolat bo‘lmang. Singlimga ko‘ngil qo‘yishingizni juda-juda istadim. Sababi, u mening jigarim, bolalarimning xolasi, mendan so‘ng bolalarimga yagona onalik qila oladigan inson. Singlim bilan baxtli bo‘lishlaringizni juda-juda istayman, chunki mening umrim oz qolgan. Shifokor uzog‘i uch oy hayotim qolganligini aytdi. Afsus bu bedavo dardni juda kech aniqladik. Men og‘ir dardga chalinganman. Shuning uchun farzandlarimga eng yaxshi onani o‘zim tanlashni xohladim. Meni kechiring lekin shunga majbur edim.»

Ba’zida erkaklar ayollarga oson tutishadi, lekin ularni Alloh ojiza deb qo‘ygan. Ayollar quvvat jihatdan ojiza bo‘lsalarda, farzandlarining xavfsizligi uchun eng xavfli insonga aylana olishadi. Ayol kishining ichidan nimalar o‘tayotganini erkak kishi tushunmaydi. Balki shuning uchundir, erkaklarning qahri qattiqroq, ayollar esa, aksincha, yumshoq ko‘ngil, mehribon bo‘lishadi.

Xulosa: Inson farzandlarini hech kimga ishonmaydi. Shuning uchun ular kelajagi uchun eng to‘g‘ri tanlovni qilishga harakat qilishadi. Ko‘p hollarda ikkinchi ayol kelganda, erning bolalariga yaxshi munosabat bildirishmaydi. Bundan esa onalar qattiq xavotirga tushishadi. Shuning uchun eng to‘g‘ri tanlov jigarlar, deb hisoblanadi. Bunday holatlar tevaragimizda ko‘p uchrab turmoqda. Opa-singilning bir-biriga bo‘lgan mehri kuchli bo‘lganligi sababli, yon-atrofdagilar bu holatga salbiy fikrlar bildirishmaydi.

KASALLIKLAR TV Telegram kanalidan olindi

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar