Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan ayrim qarorlarga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:
- Davlat aktsiyalarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirildi: "Davlat aktsiyalari paketlari "Toshkent" RFB orqali xorijiy investorlarga chet el valyutasida sotilishi va ular boʻyicha toʻlovlar shartnomada koʻrsatilgan valyutada amalga oshirilishi mumkin";
- Investitsiyalardan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomaning yana bir majburiy sharti belgilandi, bu tuzilgan shartnoma doirasida yuzaga keladigan nizo va da'volarga nisbatan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishni nazarda tutadi. Nizomning 93-bandiga qoʻshimcha kiritildi;
- Nizomning 96-bandiga davlat aktsiyalarini sotishda yuzaga keladigan nizo va da'volarga nisbatan, birinchi navbatda, mediatsiya tartib-taomili amalga oshirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritildi;
Sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazishda soliq organlari mansabdor shaxslarining huquqlari kengaytirildi. Xususan, endi ular quyidagilarga haqli:
- Tadbirkorlik sub'ektlarini xabardor qilmasdan, lekin tekshiruv oʻtkaziladigan kunda tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha Prezident vakilini albatta xabardor qilgan holda qalbakilashtirish va kontrafakt holatlarini, shuningdek majburiy raqamli markirovka qilinishi lozim boʻlgan mahsulotni markirovka qilish qoidalari buzilishini tekshirish. Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 19-bandga qoʻshimcha kiritildi;
- Sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazish uchun asos boʻladigan yana bir holat qoʻshimcha qilindi. Bunday holat soliq inspektorlari oʻz vazifalarini bajarish chogʻida raqamli markirovkalash lozim boʻlgan qalbaki va kontrafakt mahsulotni, shuningdek markirovkalash qoidalari buzilishini aniqlash hisoblanadi. Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 57-bandiga tegishli qoʻshimcha kiritildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim tadbirkor va yuridik shaxslar davlat bojini toʻlashdan ozod etiladi
Oʻzbekistonda dollar kursi 13 000 soʻmga yaqinlashmoqda
Oʻzbekiston 11 oyda xorijga 200 ming tonnadan ortiq uzum sotdi
Xitoydagi elektromobillar bumidan neft bozori qanday oʻzgarmoqda?
Oʻzbekistonning oltin zahiralari: yangilangan reyting
Pensiya miqdorini koʻproq qilish uchun tavsiyalar berildi