Tadbirkorlarga jarima qo‘llanmaydi: Prezident yangi farmonni imzoladi!

Tadbirkorlarga jarima qo‘llanmaydi: Prezident yangi farmonni imzoladi!

O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini yanada erkinlashtirish, biznes subyektlariga ortiqcha bosimlarni kamaytirish va investitsiyaviy muhitni tubdan yaxshilashga qaratilgan muhim hujjat qabul qilindi. Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida ilgari surilgan vazifalar asosida maxsus Farmon imzolandi.

Mazkur farmon bilan 2027 yil 1 yanvardan boshlab milliy biznes amaliyotiga bir qator yengillik va kafolatlar kiritilmoqda.

2027 yil 1 yanvardan nimalar o‘zgaradi?

Yangi tartibga ko‘ra, tadbirkorlarni jazolash emas, balki ularga ko‘maklashish tizimi yo‘lga qo‘yiladi:

  • «Birinchi xato uchun ogohlantirish» tamoyili: Agar tadbirkorlik subyekti qoidabuzarlikni birinchi marta sodir etgan bo‘lsa hamda fuqarolar hayoti, sog‘lig‘i yoki o‘zgalar mulkiga zarar yetkazmagan bo‘lsa, unga nisbatan darhol moliyaviy jarima qo‘llanilmaydi. Buning o‘rniga kamchilikni tuzatish uchun 10 kunlik muhlat beriladi;

  • Takroriy tekshiruvlarga cheklov: Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida 1 yil davomida o‘tkaziladigan har qanday takroriy tekshiruv faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan amalga oshiriladi (kameral soliq tekshiruvi bundan mustasno).

Ikki yillik huquqiy eksperiment: Ixtiyoriy audit va soliq imtiyozi

Farmon bilan 2027 yil 1 yanvardan 2028 yil 31 dekabrga qadar o‘rta va yirik biznes subyektlari uchun noyob huquqiy sinov tartibi joriy etilmoqda:

  • Tashabbuskor audit: Tadbirkorlar auditorlik tashkilotini jalb qilgan holda soliq va yig‘imlarni to‘g‘ri hisoblash bo‘yicha o‘z ixtiyori bilan audit o‘tkazadi va ushbu xulosani soliq organi tan oladi;

  • Soliq organi tekshirmaydi: Audit o‘tkazilgan davr uchun davlat soliq idoralari tomonidan qayta soliq auditi o‘tkazilmaydi;

  • 30 kunlik imkoniyat: Auditda aniqlangan barcha xato va kamchiliklar 30 kun ichida to‘liq bartaraf etilsa, biznes subyektiga nisbatan moliyaviy jarimalar umuman qo‘llanmaydi;

  • Auditorlar javobgarligi: Eksperimentda ishtirok etuvchi auditorlik firmalari reyestri Soliq qo‘mitasi saytida yuritiladi. Agar xulosa xatoligi oqibatida to‘lanmay qolgan soliqlar aniqlansa, javobgarlik auditorlik tashkilotining zimmasiga tushadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar