date
views 121

O‘zbekistonda oltin yana rekord narxga chiqdi

O‘zbekistonda oltin yana rekord narxga chiqdi
O‘zbekistonda 16-aprel kuni oltinning o‘lchovli quyma narxi tarixiy maksimumga yetdi, deb nova24.uz xabar berdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1 gramm oltin narxi 1,413 million so‘mni tashkil etdi. 5 grammli quyma esa 7 million so‘mdan oshdi. Bor-yo‘g‘i bir kunda oltin 2,06% ga, bir oyda esa 9,9% ga qimmatlashdi. Yil boshidan buyon esa narxlar 24,8% ga o‘sgan.

Bu holat dunyoda oltin fyucherslari narxining rekord darajaga chiqishi bilan bog‘liq. 16-aprel holatiga ko‘ra, 1 troya untsiya oltin 3300 dollarga teng bo‘ldi.

Ammo iqtisodchi Timurmalik Elmuradovning ta’kidlashicha, oltinni qisqa muddatda olib-sotib foyda olish oson emas. Chunki banklar sotib olishda arzon, sotishda esa qimmat narx qo‘yadi.

Shuning uchun oltinni sarmoya sifatida uzoq muddatga saqlash maqsadga muvofiq, — deydi mutaxassis.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda oltin yana rekord narxga chiqdi