date

Microsoft: So‘zlashuvlar ish unumini pasaytirmoqda

Microsoft: So‘zlashuvlar ish unumini pasaytirmoqda
Microsoft tadqiqotiga ko‘ra, xodimlarning ish samaradorligi videoqo‘ng‘iroqlar sabab keskin pasaymoqda, deb yozadi finansist_busines Telegram kanali.

Microsoft Work Trend Index’ning 2025-yil iyun oyi hisoboti asosida aytilishicha, insonlarda har kuni ikki marotaba tabiiy ish faolligi yuz beradi — kunduzgi va kechki paytlarda. Biroq soat 9:00 dan 11:00 gacha va 13:00 dan 15:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida aynan shu ish faoliyati cho‘qqisiga mos tushadigan yig‘ilishlar o‘tkaziladi.

Bu esa xodimlarning eng unumli vaqtini befoyda majlislarga sarflashiga olib keladi.

Tahlilchilar ishda fokusni talab qiladigan vazifalarni boshqa vaqtlarga ko‘chirish yoki majlislar sonini qisqartirishni tavsiya etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Microsoft: So‘zlashuvlar ish unumini pasaytirmoqda