
O‘zbekistonliklar zamonaviy bozordagi eng qiziqarli va trenddagi mahsulotlarga bo‘lgan qiziqishini yildan-yilga oshirmoqda. Ayniqsa, marketpleyslar orqali xarid qilinayotgan mahsulotlar, jumladan, Labubu o‘yinchog‘i aholida katta hayajon uyg‘otmoqda. Hozirgi kunda har bir foydalanuvchi trenddagi o‘yinchoqlarni qulay va tez sotib olish imkoniyatiga ega.
Uzum Market tomonidan UZ24’ga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi oylarda slaymlar, skvishlar va Labubu o‘yinchoqlari bozordagi eng mashhur mahsulotlardan biriga aylangan. Ayniqsa, Labubu o‘yinchog‘i may oyidan boshlab platformaning eng ko‘p sotiladigan va eng talab yuqori bo‘lgan mahsulotiga aylangan.
Ikki oydan kam vaqt ichida O‘zbekiston aholisi Labubu o‘yinchoqlariga 110 000 dollardan ortiq, ya’ni taxminan 1 387 000 000 so‘m sarflagan. Bu raqam aholida ushbu o‘yinchoqqa bo‘lgan katta qiziqishni yaqqol namoyon qiladi. Xalqaro bozorda esa, Labubu o‘yinchog‘i 22 dollardan 900 dollargacha sotilayotgan bo‘lsa, O‘zbekistonda uni 45 ming so‘mdan topish mumkin.
Bu o‘yinchoqlar Rossiya bozorida ham tez ommalashmoqda: ma’lumotlarga ko‘ra, rossiyaliklar Labubu uchun 1,5 mlrd rubl sarflagan. Ikki oy ichida ushbu mahsulotning aylanmasi 1190 foizga oshgan. Mamlakatda har o‘ninchi kishi Labubu sotib olgani qayd etilgan.
O‘zbekistondagi marketpleyslarda hozirda 700 dan ortiq turli SKU mavjud bo‘lib, ular 480 ta aholi punktiga bir kunda yetkazib beriladi. Eng ko‘p xaridlar Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Buxoro va Navoiy kabi yirik shaharlarda amalga oshirilmoqda.
Marketpleyslar infratuzilmasi aholiga zamonaviy, qulay va tez xizmat ko‘rsatishda yordam beradi. Mahsulotlarni qo‘lga kiritish, qulay to‘lov qilish, zarur bo‘lsa sotuvchi bilan bog‘lanish yoki tovarni qaytarish imkoniyatlari mavjud. Bugungi kunda marketpleyslar nafaqat xaridorlar, balki sotuvchilar uchun ham bozorda yangi mahsulotlarni olib kirishda asosiy platformaga aylangan.
Yakunda aytish mumkinki, Labubu o‘yinchog‘i O‘zbekiston bozorida eng katta qiziqish uyg‘otgan trendga aylandi. Mamlakat aholisi o‘z bolalari va yaqinlari uchun eng yangi va qiziqarli o‘yinchoqlarni xarid qilishga tayyor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar