date

MARA kompaniyasi kripto-hujumlar tufayli CEO xavfsizligiga 4,3 mln dollar sarfladi

MARA kompaniyasi kripto-hujumlar tufayli CEO xavfsizligiga 4,3 mln dollar sarfladi

Dunyoning eng yirik Bitcoin maynerlaridan biri boʻlgan MARA Holdings kompaniyasi 2025-yilda oʻz bosh direktori (CEO) Fred Thiel xavfsizligini taʼminlash uchun 4,3 million dollar mablagʻ sarfladi. Bu xarajatlar qatoriga avtomobilni zirhli holatga keltirish uchun yoʻnaltirilgan 430 780 dollar ham kiradi. Bunday choralar kriptovalyuta sohasi rahbarlari va investorlariga nisbatan jismoniy hujumlar koʻpayayotgan bir paytda amalga oshirilmoqda. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

Bozor qiymati 5 milliard dollardan oshadigan MARA kompaniyasi AQSH Qimmatli qogʻozlar va birjalar komissiyasiga (SEC) taqdim etgan hisobotiga koʻra, Fred Thielning uy xavfsizligi tizimlari uchun 58 810 dollar sarflagan. Umumiy xarajatlar shaxsiy tansoqchilar va turar joyni mustahkamlashni ham oʻz ichiga oladi. Taqqoslash uchun, 2024-yilda CEO xavfsizligi uchun bor-yoʻgʻi 191 040 dollar sarflangan edi.

Kripto olamida "wrench attacks" (kalit yordamida hujum) deb ataladigan jismoniy tahdidlar global miqyosda ortib bormoqda. Anʼanaviy moliyaviy oʻgʻriliklardan farqli oʻlaroq, bunday hujumlarda jinoyatchilar kuch ishlatish yoki oʻgʻirlash orqali qurbonlarni shaxsiy kalitlar (private keys) va parollarni topshirishga majbur qilishadi. Raqamli aktivlarning oson oʻtkazilishi va ochiq koʻrinib turishi soha rahbarlarini asosiy nishonga aylantirmoqda.

CertiK kiberxavfsizlik firmasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilda 72 ta tasdiqlangan jismoniy majburlash holatlari qayd etilgan boʻlib, bu oʻtgan yilga nisbatan 75 foizga koʻpdir. Eng koʻp hujumlar Fransiyada kuzatilgan boʻlib, u yerda 19 ta holat qayd etilgan. MARA shuningdek, moliya direktori Salman Khan xavfsizligi uchun ham 3,9 million dollar sarflaganini maʼlum qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » MARA kompaniyasi kripto-hujumlar tufayli CEO xavfsizligiga 4,3 mln dollar sarfladi