date

O‘zbekistonning oltin zaxirasi 48,74 milliard dollarga yetdi

O‘zbekistonning oltin zaxirasi 48,74 milliard dollarga yetdi

O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil iyul oyi yakuniga qadar mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari miqdori 48,74 milliard dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 0,4 foizga yoki 193,7 million dollarga ko‘proqdir.

Yil boshidan beri O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 7,56 milliard dollarga (18,4 foiz) o‘sdi. Mutaxassislar bu o‘sishni xalqaro bozordagi oltin narxlarining barqarorligi va mamlakatning qimmatbaho metallar bo‘yicha faol siyosat yuritishi bilan izohlamoqda.

Ma’lumot uchun, 2025 yil iyun oyida O‘zbekiston dunyoda eng ko‘p oltin xarid qilgan mamlakat bo‘ldi. Ushbu oyda jahon markaziy banklari jami 22 tonna oltin sotib olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonning oltin zaxirasi 48,74 milliard dollarga yetdi