O‘zbekiston 2025 yilning yanvar–avgust oylarida oltin eksporti bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etdi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, jami eksport hajmi 22,98 milliard dollarni tashkil etdi. Shuning 8,42 milliard dollari, ya’ni 36,7 foizi oltin hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Bu ko‘rsatkich mamlakat tarixidagi eng yuqori daraja hisoblanadi. Ilgarigi yillarda bir yillik natijalar ham bunday darajaga yetmagan. Masalan, 2024 yilning shu davrida 4,98 milliard dollarlik, 2023 yilda esa 8,1 milliard dollarlik oltin eksport qilingan.
Oltin sotuvidan olingan tushumlar O‘zbekistonning oltin-valyuta zahiralarini ham mustahkamladi. 2025 yil 1 sentyabr holatiga ko‘ra, mamlakat zahiralari 50,1 milliard dollarga yetdi. Shuning 40 milliard dollardan ortig‘ini oltin tashkil qiladi.
Hozirgi paytda O‘zbekiston zahirasida 334,5 tonna (11,8 million unsiya) oltin mavjud. Bu ko‘rsatkich respublika iqtisodiyotida oltinning asosiy strategik ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.
O‘zbekiston 8,4 milliard dollarlik oltin eksporti bilan rekord o‘rnatdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar