Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 sentyabr holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 465,6 mingtani tashkil etgan.
Shundan 395,6 mingtasi yoki 85 foizi kichik korxonalar va mikrofirmalardan iborat. Bu ko‘rsatkich mamlakat iqtisodiyotida kichik biznesning salmoqli o‘rnini yana bir bor tasdiqlaydi.
Korxona va tashkilotlarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
— savdo sohasida — 32,5 foiz,
— sanoat sohasida — 12,7 foiz,
— qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida — 7,4 foiz,
— qurilish sohasida — 6,4 foiz,
— yashash va ovqatlanish xizmatlarida — 6,3 foiz,
— tashish va saqlashda — 3,6 foiz,
— sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda — 2,8 foiz,
— axborot va aloqada — 2,4 foiz,
— boshqa sohalarda — 25,9 foiz.
Shu tariqa, savdo sohasi yetakchi bo‘lib qolmoqda, sanoat esa ikkinchi o‘rinda turibdi.
Savdo sohasi mamlakatdagi korxonalar ulushida yetakchilik qilmoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar