
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda 58 502 ta yangi korxona va tashkilot (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,1 foizga ko‘p.
Hududlar kesimida yetakchilar:
- Toshkent shahri – 12 796 ta
- Toshkent viloyati – 5 788 ta
- Xorazm viloyati – 5 251 ta
- Farg‘ona viloyati – 4 814 ta
- Samarqand viloyati – 4 429 ta
Eng kam ko‘rsatkichlar:
- Navoiy viloyati – 2 246 ta
- Sirdaryo viloyati – 1 484 ta
Shu tariqa, Toshkent shahri mutlaq yetakchilikni saqlab qolmoqda – umumiy yangi korxonalarning qariyb 22 foizi poytaxt hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.