date

30-sentyabr oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi

30-sentyabr oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi

O‘zbekiston Markaziy Banki tomonidan oʻlchovli oltin quymalarning 30-sentyabrdagi sotuv narxlari e'lon qilindi.

1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 15200 so‘mga oshgan.

O‘lchovli oltin quymalarning narxlari quyidagicha:
5 gram - 7 691 000 so‘m.
10 gram - 15 383 000 so‘m.
20 gram - 30 766 000 so‘m.
50 gram - 76 915 000 so‘m.
100 gram - 153 830 000 so‘m.

O‘lchovli oltin quymalarni O‘zbekistondagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin.

Eslatma: Bank ofisiga borishdan oldin oltin quymalar mavjudligini aniqlashtirib olish yodingizdan chiqmasin. Oltin narxi jadal sur'atda oshib borayotganligi sababli sotuvlarning hajmi ham ortgan. Ko‘plab bank ofislarida oltin quymalarning tugab qolish ehtimoli mavjud.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 30-sentyabr oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi