2027 yildan kredit qarzini undirish tartibi o‘zgaradi

2027 yildan kredit qarzini undirish tartibi o‘zgaradi

2027 yil 10 yanvardan kredit va kafillik bo‘yicha qarzdorlikni undirishda banklar uchun yangi talab kuchga kiradi. Unga ko‘ra, mijozning roziligisiz qarz undirilganda uning bank kartalarida belgilangan miqdorda mablag‘ saqlanishi kerak.

Qoldiriladigan summa mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmiga teng bo‘ladi. Hozirgi miqdordan kelib chiqilsa, bu 680 ming so‘mni tashkil etadi.

Muhim jihati, ushbu mablag‘ har bir karta uchun alohida hisoblanmaydi. Ya’ni mijozning har bir bank kartasida 680 ming so‘mdan qolishi shart emas.

Mablag‘ mijozga tegishli barcha bank kartalari hisobga olingan holda belgilanadi. Demak, bank qarzdorlikni mijozning roziligisiz undirish jarayonida belgilangan himoyalangan mablag‘ni to‘liq yechib ololmaydi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar