Rossiya 2025 yilda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga gaz yetkazib berish hajmini o‘tgan yilga nisbatan 15 foizga oshirdi, deb “Gazprom” rahbari Aleksey Miller Peterburgdagi xalqaro gaz forumida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish sur’ati jadallashmoqda va bu yaqin 5–6 yil ichida 60 foizgacha yetishi mumkin.
Bu esa, tabiiy ravishda, energiya, ayniqsa, gaz iste’molining o‘sishiga sabab bo‘ladi.
Miller ta’kidlashicha, bu ehtiyojlarni qoplashda “Sibir qudrati–2” gaz quvuri asosiy o‘rin tutadi.
U mazkur loyihani “mintaqaga gaz yetkazib berishda yangi bosqich va yangi turtki” sifatida baholadi.
Quvur nafaqat Markaziy Osiyo, balki Global Janub davlatlari uchun ham muhim bo‘lishi aytildi.
Hozirda “Gazprom” mintaqada gaz infratuzilmasini kengaytirish hamda uzoq muddatli yetkazib berish shartnomalari ustida ish olib bormoqda.
Bu tendensiya Markaziy Osiyoning strategik ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qilishi mumkin.
Rossiya Markaziy Osiyoga gaz yetkazib berishni 15 foizga oshirdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar