O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yilning yanvar–avgust oylari davomida aholiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi bo‘yicha yangilangan ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan xizmatlar umumiy hajmi 16,7 million so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,5 foizga o‘sgan.
Hududlar kesimida eng yuqori natija Toshkent shahrida qayd etildi — 76,6 mln so‘m. Bu ko‘rsatkich mamlakat bo‘yicha o‘rtacha darajadan qariyb 5 barobar yuqori hisoblanadi.
Hududlar bo‘yicha aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi:
- Toshkent shahri – 76,6 mln so‘m
- Navoiy viloyati – 14,1 mln so‘m
- Toshkent viloyati – 13,6 mln so‘m
- Buxoro viloyati – 12,4 mln so‘m
- Samarqand viloyati – 10,4 mln so‘m
- Xorazm viloyati – 10,6 mln so‘m
- Qoraqalpog‘iston R. – 10,3 mln so‘m
- Farg‘ona viloyati – 10,1 mln so‘m
- Namangan viloyati – 10,2 mln so‘m
- Jizzax viloyati – 9,5 mln so‘m
- Andijon viloyati – 9,3 mln so‘m
- Sirdaryo viloyati – 9,3 mln so‘m
- Qashqadaryo viloyati – 8,8 mln so‘m
- Surxondaryo viloyati – 7,1 mln so‘m (eng past ko‘rsatkich)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar