date

O‘zbekistonliklar qaysi sug‘urta turini eng ko‘p tanlamoqda?

O‘zbekistonliklar qaysi sug‘urta turini eng ko‘p tanlamoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlari hajmi 10 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 2,6 trln so‘mga oshgan.

Sug‘urta xizmatlari hajmida eng katta ulushni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash, avtotransport vositalari va boshqa transport turlarini sug‘urtalash, yuk va mulkni sug‘urtalash tashkil etdi. Ushbu turlar umumiy hajmning 81,5 foizini tashkil qilgan.

Shuningdek, 2025 yilning yanvar-oktyabr oylarida qayta sug‘urtalash xizmatlari 14,2% ni, hayotni sug‘urtalash bo‘yicha xizmatlar ulushi esa 4,3% ni tashkil etgan.

Bu ma’lumotlar O‘zbekistonda sug‘urta bozorining rivojlanishi va aholining baxtsiz hodisalarga qarshi himoyani kuchaytirishiga bo‘lgan qiziqishini ko‘rsatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonliklar qaysi sug‘urta turini eng ko‘p tanlamoqda?