Qaysi davlatlar O‘zbekiston mahsulotini ko‘p sotib olmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar oyida O‘zbekistonning eksport hajmi 1,7 milliard dollarga yetgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26,7 foizga yuqori bo‘lgani aytilmoqda.
Hisobotga ko‘ra, ushbu davrda O‘zbekiston mahsulotlarini eng ko‘p sotib olgan davlat Rossiya bo‘lgan — 325,8 million dollar. Keyingi o‘rinlarda Xitoy 178,1 million dollar va Afg‘oniston 136,7 million dollar bilan qayd etilgan.
Top-10 ro‘yxatdan, shuningdek, Fransiya 103,6 million dollar, Turkiya 84,3 million dollar, Qozog‘iston 81,6 million dollar bilan joy olgan. Qirg‘iz Respublikasi 46,5 million dollar, Tojikiston 45,7 million dollar, BAA 41,4 million dollar va AQSH 32,1 million dollarlik import bilan keyingi pog‘onalarda turgan.
Bu raqamlar O‘zbekiston eksportida qo‘shni davlatlar, yirik iqtisodiyotlar va Yevropa bozorlari bir vaqtning o‘zida muhim o‘rin tutayotganini ko‘rsatmoqda. Qisqasi, eksport xaritasi ancha rang-barang — bitta bozorga qarab qolish yo‘q, bu esa yomon emas.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!