date

O‘zbekistonda qurilish ishlarining qaysi turi eng katta ulushga ega?

O‘zbekistonda qurilish ishlarining qaysi turi eng katta ulushga ega?

O‘zbekistonda 2026 yilning yanvar–fevral oylarida amalga oshirilgan qurilish ishlarining 70,2 foizi bino va inshootlarni barpo etishga to‘g‘ri kelgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlashda eng katta ulush bino va inshootlar qurilishi yo‘nalishiga to‘g‘ri kelgan.

Shu davrda qurilish ishlarining hajmi quyidagicha bo‘lgan:

  • Bino va inshootlar barpo etish yo‘nalishi – 20,5 trln so‘m
  • Fuqarolik obyektlari qurilishi yo‘nalishi – 5,5 trln so‘m
  • Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi – 3,2 trln so‘m

Bu ko‘rsatkichlar bino va inshootlar qurilishi hali ham qurilish bozorida ustuvorligini saqlayotganini ko‘rsatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda qurilish ishlarining qaysi turi eng katta ulushga ega?