date

Dunyoda oziq-ovqat narxlari uch oydan beri oshib bormoqda

Dunyoda oziq-ovqat narxlari uch oydan beri oshib bormoqda

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotiga ko‘ra, jahonda oziq-ovqat mahsulotlari narxi ketma-ket uchinchi oy ham o‘sishda davom etmoqda. Aprel oyida FAO oziq-ovqat indeksi 130,7 punktni tashkil etib, mart oyiga nisbatan 1,6 foizga oshgan.

Mutaxassislar bu holatga ob-havo bilan bog‘liq xavflar, energiya narxlari qimmatlashuvi va logistikadagi uzilishlar sabab bo‘layotganini aytmoqda. Jahon bozorida bug‘doy, makkajo‘xori va o‘simlik moylari narxi ham ko‘tarilgan. Ayniqsa, palma, soya va kungaboqar moylari 2022 yildan beri eng yuqori darajaga yetgan.

Shuningdek, go‘sht narxi rekord darajada qimmatlashgan bo‘lsa, shakar narxi aksincha 4,7 foizga arzonlagan. Mutaxassislar buni ayrim davlatlarda ishlab chiqarish hajmi ortishi bilan bog‘lamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Dunyoda oziq-ovqat narxlari uch oydan beri oshib bormoqda