Endi bitta vazirlik bo‘ladi: O‘zbekiston ta’lim tizimidagi sensatsion islohot tafsilotlari

1 daqiqa o'qish330
Endi bitta vazirlik bo‘ladi: O‘zbekiston ta’lim tizimidagi sensatsion islohot tafsilotlari
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O‘zbekistonda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi birlashtirilib, Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi.
  • Ushbu birlashuv ta’limning barcha bosqichlarini uzviy bog‘lash va boshqaruvdagi byurokratiyani kamaytirishga qaratilgan.
  • Yangi vazirlik bog‘cha, maktab, texnikum va oliygohlar faoliyatini to‘liq tashkil etadi, ta’lim standartlarini belgilaydi hamda akkreditatsiya va litsenziya berish bilan shug‘ullanadi.

O‘zbekiston ta’lim sohasida tub burilish yasovchi tarixiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Prezident farmoniga muvofiq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi birlashtirilib, yaxlit Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi.

Davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi ushbu yirik modernizatsiyaning asl maqsadlari va vazifalar taqsimotiga batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Yangi tizim qanday ishlaydi? Asosiy yo‘nalishlar

Ikki vazirlikning yagona tuzilmaga aylantirilishi ta’limning barcha bosqichlarini bir-biriga uzviy bog‘lash va boshqaruvdagi ortiqcha byurokratiyani yo‘qotishga qaratilgan:

  • Ta’lim va ilm-fan vazirligi: Bog‘cha, maktab, texnikum va oliygohlar faoliyatini to‘liq tashkil etadi, operatsion jarayonlarga bosh-qosh bo‘ladi, ta’lim standartlarini belgilab, akkreditatsiya va litsenziya berish bilan shug‘ullanadi.

  • Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi: Mustaqil «ilmiy-metodik laboratoriya»ga aylanadi. Agentlik o‘quv dasturlari va darsliklarni ishlab chiqadi, ularni amaliyotga kiritib, samarasini tahlil qiladi. Barcha o‘zgarishlar «o‘zbek maktabi bitiruvchisining portreti»ga tayangan holda olib boriladi.

  • Oliy ta’limda erkinlik: Oliygohlar faoliyatiga davlat aralashuvi keskin qisqartiriladi, ularning akademik va moliyaviy mustaqilligi kengayadi. Nodavlat ta’lim sektoriga keng yo‘l ochilib, sifatni erkin bozor va raqobat belgilaydi.

Strategiyaga tadbirkorlar va olimlar jalb etiladi

Prezident administratsiyasi huzurida ta’lim strategiyasini belgilovchi alohida maxsus ishchi guruh tuziladi:

  • Ishchi guruh rahbari: Ushbu mas’uliyatli tuzilmaga jamoatchilik asosida taniqli tadbirkor Zafar Hoshimov rahbarlik qiladi.

  • Tarkib va vazifa: Guruhga muvaffaqiyatli ta’lim loyihalarini yo‘lga qo‘ygan ishbilarmonlar, olimlar va xalqaro ekspertlar jalb qilinadi. Ular yangi vazirlikning ixcham va samarador tuzilmasini shakllantirib, islohotlarning bosh strategiyasini ishlab chiqishadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?