Qarzdorlik uchun garovdagi avtotrasport vositasi sotildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor R.A.dan undiruvchi “Ipak yo‘li Bank” foydasiga 347.909,9 ming so‘m kredit qarzdorlik undirish va undiruvni garov mulki hisoblangan J.A.ga tegishli «KIA K5» rusumli avtotransport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Toshkent viloyat boshqarmasi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli, kredit qarzdorlikni undirish maqsadida ijro varaqasida ko‘rsatilgan J.A.ga tegishli bo‘lgan garov mulki xatlanib, qarzdorlikni to‘lamagan taqdirda undiruv ushbu garov mulkiga qaratilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.
Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan kredit qarzdorlik to‘lanmaganligi sababli, Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish sho‘basi inspektorining qaroriga asosan ushbu garov mulki elektron onlayn-auksion orqali sotuvga chiqarilib, 217.560,0 ming so‘mga sotilgan va sotuvdan tushgan pul mablag‘i undiruvchi “Ipak yo‘li Bank” foydasiga o‘tkazilib berilgan.



























Izohlar 0
…