Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikka qarshi yangi modda kiritildi

1 daqiqa o'qish13
Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikka qarshi yangi modda kiritildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O‘zbekiston Mehnat kodeksiga ish joyida shahvoniy shilqimlikni taqiqlovchi 8¹-modda kiritildi.
  • Prezident 13 noyabr kuni imzolagan ushbu o‘zgartishlarga ko‘ra, ish beruvchilar xodimlar uchun shilqimlikdan xoli muhit yaratishi hamda uning oldini olishi shart.
  • Shuningdek, kodeksning kamsitishni taqiqlashga oid 4-moddasi teri rangi va siyosiy qarashlar kabi belgilar bilan to‘ldirildi.
  • Mazkur tuzatishlar rasman e’lon qilingan kuniyoq kuchga kirdi.

O‘zbekiston Mehnat kodeksiga ish joyida shahvoniy shilqimlik qilishni taqiqlovchi yangi norma kiritildi. Unga ko‘ra, ish beruvchilar mehnat jamoasida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va ularning oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rishi shart. Shuningdek, kamsitish taqiqlangan belgilar qatoriga teri rangi va siyosiy qarashlar ham qo‘shildi, deb xabar beradi Gazeta.

Prezident 13 noyabr kuni Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarni imzolagan. Tuzatishlar rasman e’lon qilingan kuniyoq kuchga kirgan.

Kodeksga qo‘shilgan 8¹-modda mehnat va mashg‘ulotlar sohasida shahvoniy shilqimlik qilishni taqiqlaydi. Unda bu tushuncha shaxsga nisbatan uning xohishiga zid ravishda amalga oshiriladigan, sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi shahvoniy xususiyatga ega harakatlar sifatida ta’riflangan. Bunday harakatlar tashqi qiyofa yoki qaddi-qomat haqidagi izohlar, imo-ishoralar, teginish yoki chaqirish orqali namoyon bo‘lishi mumkin.

Yangi normaga muvofiq, ish beruvchi xodimlar uchun shahvoniy shilqimlikdan xoli mehnat muhitini yaratishi lozim.

Qonun bilan Mehnat kodeksining kamsitishni taqiqlashga oid 4-moddasi ham to‘ldirildi. Endi insonning teri rangi yoki siyosiy qarashlariga ko‘ra unga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita cheklovlar o‘rnatish, shuningdek, boshqalarga nisbatan ustunlik berish ham kamsitish hisoblanadi.

O‘zbekistonda shahvoniy shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik 2023 yil aprel oyidan buyon amal qiladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41¹-moddasiga ko‘ra, bir marta qo‘pol ravishda yoki bir necha marta shilqimlik qilgan shaxsga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan 5 baravarigacha jarima solinishi yoki 5 sutkagacha ma’muriy qamoq tayinlanishi mumkin.

Agar jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida huquqbuzarlik yana takrorlansa, jarima miqdori BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha oshadi. Ma’muriy qamoq muddati esa 15 sutkagacha yetishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?