Qozog‘iston janubidagi Chimkent shahrida 22 may kuni birinchi o‘zbek-qozoq biznes-forumi doirasida bir qator ikki tomonlama shartnomalar imzolandi. Forum ikki mamlakat rasmiylari va yuzlab tadbirkorlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Janubiy Qozog‘iston viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib Tnews.uz xabar berdi.
Janubiy Qozog‘iston viloyati tadbirkorlar palatasi tomonidan tashkil etilgan forum ishtirokchilari qo‘shma loyihalar, mahsulotlarni eksport va import qilish va boshqa mamlakatlar bozorlariga chiqish maqsadidagi hamkorlikni muhokama qilishdi.
Mahalliy axborot agentliklarining xabar berishicha, forum doirasida 62 million dollarlik sakkizta shartnoma imzolangan. Janubiy Qozog‘iston viloyati hokimligi va O‘zbekistondagi Alliance textile kompaniyasi -. “maxsus «Oңtүstіk” iqtisodiy zonasi va “Kaztexinpeks” korxonasi o‘rtasidagi “to‘qimachilik korxonalarini sog‘lomlashtirish bo‘yicha” viloyat to‘qimachilik sanoatiga sarmoyalar kiritish maqsadida»gi memorandumlar shular jumlasidandir.
Shu bilan birga, shahar hokimligi va “Dentafil plyus” o‘zbek kompaniyasi o‘rtasida dori-darmon mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi to‘g‘risidagi memorandumga imzo chekildi. Biznes-forum davomida biznes-kengashning birinchi yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston so‘nggi paytlarda qo‘shni davlatlar bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. 2016 yili Shavkat Mirziyoyevning hokimiyatga kelganidan boshlab mamlakatning tashqi siyosatida o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Rasmiy Toshkentga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarni yaxshilash mamlakat tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishidir. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi