17:03 / 10.09.2020
2 331

O‘zbekistonda banklar orqali oltin yombilarini sotish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda banklar orqali oltin yombilarini sotish yo‘lga qo‘yiladi
Yaqinda banklar orqali oltin yombilarini sotish ham yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Markaziy bank raisi aytib o‘tdi.
Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ishtirok etdi.

Tadbir davomida Markaziy bank raisiga regulyator tomonidan oltin va kumush tangalarning chiqarilishi haqida savol bilan murojaat qilindi. Mamarizo Nurmuratovning so‘zlariga ko‘ra, bu jamg‘arishning instrumentlaridan biridir.

“Biz chiqargan oltin va kumush tangalar sotib tugatildi. Buning ustida ishlayapmiz. Maqsadimiz faqat tangani chiqarish bilan cheklanib qolish emas, balki uning tematikasi, dizayni, numizmatik ahamiyatini ham oshirishdir. Agar hozir tangalar bir xil hajmda bo‘lsa, kelgusida ularning hajmi ham har xil bo‘ladi. Bu jarayon davom etadi.

Bundan tashqari, yaqinda banklar orqali oltin yombilarini sotish ham yo‘lga qo‘yiladi. Bu borada hozirda ish olib borilmoqda”, - dedi Markaziy bank raisi.
Avvalroq, Mamarizo Nurmuratov inflyatsiya pasayishiga sabab bo‘layotgan omillarni sanab o‘tgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda banklar orqali oltin yombilarini sotish yo‘lga qo‘yiladi