Mehnat migrantlari uchun soliq joriy qilinayotgani haqidagi xabarlar rad etildi

2 daqiqa o'qish2.7K
Mehnat migrantlari uchun soliq joriy qilinayotgani haqidagi xabarlar rad etildi
Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda mehnat migranti o‘zini o‘zi band qilgan shaxsga tenglashtirilishi hamda soliq to‘lashi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan oydinlik kiritdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar daromad solig‘i to‘lamaydi, ijtimoiy soliqni esa pensiya olish uchun ish stajiga ehtiyoj sezsagina to‘laydi.

«2021 yil 1 yanvardan boshlab mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlariga tenglashtiriladi.

Ularga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan soliqlarni to‘lash hamda pensiya miqdorini hisoblash tartibi qo‘llaniladi.
Soliq kodeksining 369-moddasiga muvofiq, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar o‘ziga pensiya hisoblanishi va ish stajiga ega bo‘lishi uchun Pensiya jamg‘armasiga ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin, bu 2020 yil uchun kamida BHMning 50 foizi hajmida (111 ming 500 so‘m) belgilangan.

Agar chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar O‘zbekistonda pensiya va ish stajiga ehtiyoj sezmasa, unda Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘lashning hojati yo‘q
», deyilgan xabarda.

Vazirlik mehnat migrantlarining o‘zini o‘zi band qilgan shaxsga tenglashtirilishi ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilganini qayd etib o‘tgan.

Davlat soliq qo‘mitasi esa bu mehnat muhojirlari uchun majburiyat emas, balki yangi imkoniyat ekaniga urg‘u qaratgan.
«Prezidentimizning PQ-4829-sonli qaroriga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan boshlab xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotganlar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga tenglashtirilgani sababli, internet tarmoqlarida mehnat muhojirlari uchun soliq joriy etilayotganligi to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalmoqda.

Ushbu xabarlar yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi o‘z munosabatini bildiradi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 369-moddasiga muvofiq, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar o‘ziga pensiya hisoblanishi va ish stajiga ega bo‘lishi uchun Pensiya jamg‘armasiga IXTIYORIY RAVISHDA ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin, bu 2020 yil uchun eng kamida BHMning 50 foizi miqdorida belgilangan, bu hozirgi vaqtda 111 500 so‘mni tashkil etadi.

Shu bilan birga, agar chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar O‘zbekistonda pensiya va ish stajiga ehtiyoj sezmasa, unda Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘lashning hojati yo‘q.

Ushbu chora mehnat muhojirlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, kelajakda ularni moddiy himoya qilish kafolati bo‘lib xizmat qiladi
», deyilgan qo‘mita xabarida.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?