2 816
Prezident o‘simlik yog‘i importini QQSdan ozod qilish va uning eksportini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Shavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni «Aholini ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga doir choralar to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Qonun bilan Soliq kodeksiga qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, 2021 yil 1 maydan 31 dekabrgacha quyidagilar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi:
- O‘zbekiston hududiga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek, soya danagini olib kirish;
- o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma.
- kungaboqar va paxta urug‘iga — bojxona qiymatining 30 foizi, biroq 1 kilogramm uchun 0,2 dollardan kam bo‘lmagan miqdorda;
- kungaboqar yog‘iga — 20 foiz, biroq 1 kilogramm uchun 0,2 dollardan kam bo‘lmagan miqdorda;
- paxta yog‘iga — 50 foiz, biroq 1 kilogramm uchun 0,5 dollardan kam bo‘lmagan miqdorda.
Oliy Majlis Senati yalpi majlisida moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov soliq imtiyozlari sababli budjetga 267 milliard so‘mlik tushum bo‘lmasligini hamda yo‘qotish o‘rni qanday qoplanishini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?