Shavkat Mirziyoyev Termizdagi Afghan bazar carpets korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Termizdagi Afghan bazar carpets korxonasi faoliyati bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev Termiz shahridagi Afghan bazar carpets korxonasi faoliyati bilan tanishdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Surxondaryoda qo‘y ko‘p boqiladi. Lekin uning juni deyarli qayta ishlanmaydi. Shu bois Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan Afg‘oniston tajribasi asosida jundan gilam to‘qish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Prezident bu loyihani ma’qullab, afg‘onistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikni kengaytirish, jundor qo‘y zotlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Shavkat Mirziyoyev Termizdagi Afghan bazar carpets korxonasi faoliyati bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev korxonada ishlayotgan xotin-qizlar bilan muloqot qildi.
Shavkat Mirziyoyev Termizdagi Afghan bazar carpets korxonasi faoliyati bilan tanishdi
Majmuada Silk road tex korxonasi ham tashkil etiladi. Unda ipakli mato, ipakli tayyor mahsulotlar, sport va yo‘l sumkalari hamda ipakli gilam ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Yiliga 2 million dollarlikdan ziyod eksport maqsad qilingan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar