East Fruit tahlilchilari 2021/22 yilgi mavsumda O‘zbekistonda kartoshka, sabzi, lavlagi va karamning rekord darajada yuqori narxlari sabablarini yana bir bor tahlil qildi.
Narx o‘sishining sabablaridan biri ishlab chiqarishning keskin pasayishi bo‘lsa, ikkinchisi Rossiyada ularga bo‘lgan talabning ortishi. Yanvar oyida O‘zbekistonda aksariyat mahsulotlar bo‘yicha narxlar barqarorlashgan bo‘lsa-da, fevral oyida narxlarning o‘sishi yana kuzatildi. O‘tgan haftada O‘zbekistonda bir vaqtning o‘zida kartoshka, karam, sabzi va lavlagi narxi keskin oshgan. Faqat piyoz narxi barqarorligicha qoldi. O‘zbekistonda bir hafta ichida kartoshkaning ulgurji narxlari 20 foizga, sabzi esa birdaniga uchdan biriga oshdi.
Keling, joriy narxlar darajasini 2021 yil fevral oyi boshida O‘zbekiston ulgurji bozorlarida qayd etilgan daraja bilan solishtiraylik.
O‘zbekistonda yanvar-fevral oylarida karamning odatdagi narxi bir kilogramm uchun 0,10-0,20 AQSH dollari oralig‘ida o‘zgarib tursa, ayni damda mahalliy bozorda ulgurji narxlar o‘rtacha uch baravar qimmat. O‘zbekistonda karam chakana savdoda aqlbovar qilmaydigan bir kilogramm uchun 7,5-8,0 ming so‘mdan (kg uchun 0,7 dollardan ortiq) sotilmoqda. Aytgancha, Rossiyada karam narxi ham kilogrammiga 65-75 AQSH sentiga ko‘tarilgan.
O‘zbekistonda yillik narx o‘sishi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni sabzi egallagan. Kuzda O‘zbekistonda sabzi narxi Rossiyanikidan ham qimmat ekani, O‘zbekiston ilk bor sabzi import qilishga majbur bo‘lgani haqida East Fruit nashri yozgan edi. Ayni paytda O‘zbekistonda sabzi yilning shu davri uchun rekord darajadagi yuqori narxda sotilmoqda – 1 kilogrammi 4000 so‘mdan, chakana narxi esa qizil navli sabzi 5000 so‘mdan boshlanadi. Sabzi ulgurji narxlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘rtacha 2,7 barobar, 2020 yilga nisbatan qariyb 5 baravar yuqori. Va, shubhasiz, bu sabzavotlar uchun narx o‘sishi chegarasi emas.
Darvoqe, ma’lum vaqt davomida O‘zbekistonda sabzi narxi Rossiyadagi narxlar darajasidan pastga tushib ketgan bo‘lsa, endilikda yana Rossiya bozoridagidan qimmatroq. Biroq hozircha bu davlatlar o‘rtasida sabzi savdosi yo‘q. Belarusda sabzi narxi bundan ham baland, lekin u yerda O‘zbekistondan sabzi yetkazib berishning iqtisodiy ma’nosi yo‘q, chunki narx darajasi juda yaqin.
Kartoshka O‘zbekistonda nafaqat yilning shu faslidagi rekord narxda, balki barcha davrlardagi rekord narxda sotilmoqda. Asosiy savol — u o‘sishda davom etadimi, agar shunday bo‘lsa, qaysi darajaga ko‘tariladi?
Ayni paytda O‘zbekistondagi ulgurji savdo kompaniyalari kartoshka uchun 2021 yilning shu davriga nisbatan 58 foizga, 2020 yil fevral oyining boshidagiga nisbatan qariyb uch barobar ko‘proq to‘laydi. Shuningdek, hozir O‘zbekistonda kartoshka mintaqaning boshqa mamlakatlariga qaraganda qimmatroq. Bu mavsumda jiddiy kartoshka taqchilligi kuzatilayotgan Rossiyada ham ushbu sabzavotlar O‘zbekistonnikidan uchdan biriga arzonroq sotilmoqda. Ukrainada esa kartoshkani 3,5 barobar arzonga sotib olish mumkin.
O‘zbekistonda piyoz bir yil davomida uchdan biriga qimmatlashgan va yilning shu vaqtida har qachongidan ham qimmatroq sotilmoqda. Aytgancha, piyoz endi sabzavot guruhining eng arzon mahsuloti bo‘lib, sabzi narxining yarmiga sotiladi.
Biroq, bu yerda va boshqa mamlakatlar bozorlarida vaziyat ancha tinch. Rossiyada piyozning ulgurji narxi biroz oshdi, shuning uchun Rossiya va O‘zbekistonda piyoz narxi deyarli bir xil darajada.
Xullas narx oshishi to‘xtamasa o‘zbekistonliklar uchun karam sho‘rva qimmatga tushadigan ko‘rinadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi