Humanity Protocol xakerlik hujumiga uchradi: H tokeni 85 foizga arzonlashdi

"Xitoyning Worldcoin loyihasi" deb nom olgan Humanity Protocol tizimida xavfsizlik bilan bogʻliq jiddiy muammo yuzaga keldi. Shaxsiy kalitlar (private keys) buzib kirilishi natijasida 30 million dollardan ortiq mablagʻ oʻgʻirlangan, bu esa loyihaning mahalliy H tokeni narxining keskin tushib ketishiga sabab boʻldi. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.
Humanity Protocol asoschisi va bosh direktori Terence Kwok seshanba kuni Humanity Foundation aʼzolaridan biriga tegishli shaxsiy kalitlar oʻgʻirlanganini tasdiqladi. Kwok foydalanuvchilarga xavfsizlik toʻliq taʼminlanmaguncha koʻprik (bridge) yoki likvidlik pullari bilan oʻzaro aloqa qilmaslikni maslahat berdi. Hozirda jamoa xavfsizlik boʻyicha ekspertlar bilan ish olib bormoqda.
CoinGecko maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi 12 soat ichida H tokeni narxi 0,70 dollardan 0,08 dollargacha, yaʼni 85 foizga qulagan. Humanity — bu kaft biometriyasidan foydalanadigan, shaxsni tasdiqlashga yoʻnaltirilgan zkEVM blokcheyn loyihasidir.
Onchain tadqiqotchisi "Specter" va Arkham Intelligence tahlilchilari hujum davom etayotganini va xakerlar oʻgʻirlangan H tokenlarini Kyber Network hamda PancakeSwap kabi markazlashmagan birjalar (DEX) orqali boshqa valyutalarga almashtirayotganini xabar qildi.
Joriy yilda shaxsiy kalitlar bilan bogʻliq bir qancha yirik oʻgʻriliklar sodir etildi. Xususan, aprel oyida Drift Protocol loyihasidan 280 million dollar oʻgʻirlangan edi. CertiK hisobotiga koʻra, hamyon yoki shaxsiy kalitlarni buzib kirish kripto olamidagi eng xavfli va qimmatga tushadigan hujum turlaridan biri boʻlib qolmoqda.

























Izohlar 0
…