2 003
XTV Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i hibsga olingani yuzasidan ma’lumot berdi
Foto: «Daryo»
Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Mirkomilov hibsga olingani haqida xabar berilgan edi. Xalq ta’limi vazirligi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, XTVning Ichki audit xizmati tomonidan doimiy ravishda budjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan tizimli ravishda o‘rganish ishlari olib borib, aniqlanayotgan kamchiliklar yuzasidan OAV orqali hisobot berib boriladi.
Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tizimida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan budjet mablag‘larining noqonuniy sarflanishi yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, to‘plangan materiallar qonuniy baho berish uchun Hisob palatasi hamda XTVning Ichki audit xizmati tomonidan Bosh prokuraturaga 2021 yilning noyabr oyida taqdim etilgan va ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
«Ayni damda jinoyat ishi doirasida aybdorlarni aniqlash maqsadida bir nechta tashkilot va idoralar, shu jumladan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mansabdor shaxslari ham tergovga jalb etilganligini ma’lum qilamiz», — deyiladi vazirlik xabarida.
Andijon viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Mirkomilov Andijon shahri hokimi Bahrom Haydarovning qamoqqa olinishiga sabab bo‘lgan jinoiy ish — budjetning 48 milliard so‘mini talon-toroj qilishda gumondor sifatida 7 iyun kuni hibsga olingandi.
Bosh prokuratura tomonidan olib borilayotgan tergov ishi doirasida 37 nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilgan. Ayni kunga qadar yetkazilgan zararning 23 foizi qoplangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi