Foydalanishi taqiqlangan mol-mulklar yo‘q qilindi

1 daqiqa o'qish1.2K
Foydalanishi taqiqlangan mol-mulklar yo‘q qilindi
Byuroning Sirdaryo viloyat boshqarmasining tuman-shaxar bo‘limlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 15.07.2009 yildagi 200-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida jinoyat ishlari bo‘yicha tuman-shahar sudlarining ish yurituvidagi mol-mulklarning yo‘q qilishga oid ijro hujjatlari ijrosi ta’minlab kelinmoqda.

Xususan, 2022 yilning 18 may kuni Byuroning Guliston shaxar bo‘limi ish yurituvidagi 12 ta ijro hujjatlari ijrosi yuzasidan tegishli idoralar vakillari ishtirokida noqonuniy muomalada bo‘lgan, foydalanishi taqiqlangan va yaroqlilik muddati o‘tgan 24 turdagi 61.056.000 so‘mlik tibbiy dori-vositalari, 6 turdagi 492.000 so‘mlik alkogol mahsulotlari, 2 turdagi diniy mazmundagi kitoblar va 2 turdagi psixotrop tabletkalar Guliston shaxar 1-sonli chiqindi poligonida yoqish yo‘li bilan yo‘q qilinishi ta’minlandi.

Tadbirda Sirdaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, viloyat ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish boshqarmasi hamda mol-mulkni saqlashga ma’sul bo‘lgan tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Byuroning Sirdaryo viloyat boshqarmasi organlari tomonidan 2022 yilning 5 oyida qayd qilingan Nizom talablari ijrosi yuzasidan ish yurituvdagi jami 231 ta ijro hujjatlari ijrosi tamomlangan, shundan mol-mulklarni yo‘q qilishga oid 127 ta ijro hujjatlari ijrosi amalda ta’minlangan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?