Samarqandda so‘nggi haftada to‘rtta savdo do‘koni yonib ketdi

1 daqiqa o'qish1.3K
Samarqandda so‘nggi haftada to‘rtta savdo do‘koni yonib ketdi
Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 11 iyun kuni soat 10:20 larda Samarqand Samarqand tumani “Yangi ariq” MFYda joylashgan 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro R.Sh.ga tegishli bo‘lgan savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.

Yong‘in o‘chirish bo‘linmalari hodisa joyiga soat 10:38 da yetib borib, yong‘in soat 10:50 da qurshab olgan va soat 11:01 da bartaraf etilgan. Yong‘inni o‘chirishga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji hamda maxsus yuk mashinasi jalb etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra yong‘in oqibatida do‘konning taxminan 170 metr kvadrat maydonda shift, tom va jihozlari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan.

Qayd etilishicha, hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi 1 haftada Samarqand viloyatida savdo do‘konlarining yonib ketishi bo‘yicha to‘rtta holat qayd etildi.

5 iyun kuni Narpay tumani Sarbozor mahallasida joylashgan bozorda yong‘in sodir bo‘lib, 20 dan oshiq savdo do‘konlari butunlay yonib ketgandi.

7 iyun kuni Samarqand shahri Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan bir necha savdo va xizmat ko‘rsatish do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lib, ularning tom va shif qismi yonib ketdi.

9 iyun kuni Oqdaryo tumanidagi bozorda yong‘in sodir bo‘lib, bir nechta xo‘jalik mollari va oziq-ovqat sotishga ixtisoslangan savdo do‘konlari yonib ketdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?