08:08 / 14.06.2022
1 898

Oltin quymalar nima va ulardan qanday foydalanish mumkin?

Oltin quymalar nima va ulardan qanday foydalanish mumkin?
Foto: Markaziy bank
Oltin quymalar — og‘irligi 5, 10, 20 va 50 gramm bo‘lgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar. Maxsus himoya qadoqlarida sotuv uchun taqdim etiladi. Oltin quymalarning qadog‘i sertifikat vazifasini bajaradi va o‘z seriya raqamiga ega bo‘ladi.

Oltin quymalar qanday bo‘ladi?
Oltin quymalar 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlanadi va 5, 10, 20 va 50 gramm og‘irlikda bo‘ladi.

Foto: Markaziy bank
Oltin quymalar Italiyaning Certiline Srl. kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan maxsus qadoqlarda muomalaga chiqariladi.

Foto: Markaziy bank
Oltin quyma va uning qadog‘i bir xil seriya raqamiga ega. Qadoqda 3 turdagi himoya elementlari mavjud:

Foto: Markaziy bank
Himoya qadog‘ini ochish mumkinmi?
Agarda siz oltin quymasini kelajakda sotish niyatingiz bo‘lsa, himoya qatlamini ochish tavsiya etilmaydi.

Oltin quyma va uning qadog‘i bir xil seriya raqamiga ega. Qadoqda 3 turdagi himoya elementlari mavjud — kriptoprint (qadoq ochilganda ko‘rinadi), himoya membranasi (himoya ochilganda o‘z rangini o‘zgartiradi).

Bundan tashqari, har bir oltin quymasi o‘z QR kodiga ega (quymaning aslligini tekshirish uchun).

Oltin quymalarini qayerda saqlash maqsadga muvofiq?
Oltin quymalarining xavfsiz saqlanishini ta’minlash juda muhimdir. Chunki oltin quymasiga juda kichik miqdorda zarar yetsa ham, bu uning narxini keskin tushirib yuborishi mumkin.

Masalan, agar quyma zararlangan bo‘lsa, bank uni sotib olayotganda texnik ekspertiza o‘tkazadi va qayta baholaydi.

Oltin quymalari himoyalangan qadoqlarda sotiladi va ularni bemalol uyda yoki bankda – individual bank yacheykalarini ijaraga olgan holda saqlash mumkin (oltin quymalari uchun 125 mm yacheykalar mos keladi).

Oltin quymalarini qayerda sotib olish mumkin?
Oltin quymalarini banklarda sotib olish imkoniyati mavjud. Banklarning manzillari va batafsil ma’lumotlarni Markaziy bank rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Oltin quymalarining narxi qancha?
Oltin quymalarining narxlari bir hafta ichida bir necha marta o‘zgarishi mumkin — joriy narxlarni Markaziy bank rasmiy saytidan topish mumkin.

Oltin quyilmalarini naqd pul orqali yoki naqd pulsiz to‘lov yordamida sotib olish imkoniyati mavjud. Ularni faqat banklarga sotish mumkin.

Agarda himoya qobig‘i ochilgan bo‘lsa yoki oltin quymaga zarar yetgan holatlarda, bank tomondan texnik ekspertiza o‘tkaziladi (20 bank ish kuni mobaynida) va to‘lov ekspertizadan so‘ng amalga oshiriladi.

Oltin quymalarini qo‘lga kiritish va sotish tartibi
O‘lchovli oltin quymalarni sotib olish uchun jismoniy yoki yuridik shaxslar bankka murojaat qilishadi va naqd yoki naqd pulsiz shaklda to‘lovni amalga oshiradi.

Shu kunning o‘zida xaridorga texnik xususiyatlarni tasdiqlovchi sertifikat bilan birga muhrlangan oltin quymasi taqdim etiladi. Har bir o‘lchovli oltin quymasi o‘z identifikatsion seriya raqamiga ega va ushbu raqam himoya qadog‘ida va sertifikatda ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Butun va zararlanmagan muhr va sertifikatga ega bo‘lgan o‘lchovli yombilarni sotish (qaytarib berish) uchun oltin quyma egasi yana bankka murojaat qilishi lozim. Murojaat kunining o‘zida bank kerakli hisob-kitoblarni amalga oshiradi.

Oltin quymalarni chet elga olib chiqish mumkinmi?
Jismoniy shaxslar oltin quymalarni sertifikati bilan birga chet elga to‘siqlarsiz olib chiqishlari mumkin va qonunchilik tomonidan belgilangan miqdordan oshgan holda (yombilar qiymati 5 ming dollardan oshgan holatda) bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish shart.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oltin quymalar nima va ulardan qanday foydalanish mumkin?