Oliy ta’lim vaziri o‘qishini O‘zbekistonga «perevod» qilmoqchi bo‘lgan soxta talabalar haqida gapirdi
1 daqiqa o'qish1.8K

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Ukrainadan qaytgan o‘zbekistonlik talabalar o‘qishini mahalliy universitetlarga ko‘chirish bo‘yicha topshiriq berilgan edi. Ammo aksariyat yoshlar «perevod» masalasida qalbaki hujjatlar topshirgani aniqlangan. Bu haqda 16 iyun kuni oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov jurnalistlarga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Daryo».
Abduqodir Toshqulovning aytishicha, tekshirilgan minglab hujjatlar qalbaki bo‘lib chiqqan.
«Prezidentimiz Ukrainadagi voqealar asnosida u yerda o‘qiyotgan 400 nafarga yaqin talabalarni O‘zbekistonga olib kelib, mahalliy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga joylashimiz bo‘yicha topshiriq bergandilar. Tashqi ishlar vazirligimiz qanday qiyinchiliklar bilan ularni olib keldi. Lekin ming afsus, undan keyin qanaqadir firmalar paydo bo‘ldi. 400 nafarga yaqin deyilgan raqam 3 ming nafardan ko‘p bo‘lib ketdi.
Tekshirtirsak, Ukrainaga bormagan, hatto u yerda o‘qimagan odamlar kelib chiqdi. 600-700 nafarini hujjatini tekshirib, huquq-tartibot organlariga berib, saralab o‘tkazdik. Lekin birortasi sudga bermadi, haqini ham birortasi talab qilgani yo‘q. Chunki ular qalbaki hujjatlar topshirgan», – dedi vazir.

- #Oliy Ta’lim
- #Shavkat Mirziyoyev
- #Ukrainadan Qaytgan
- #Qalbaki Hujjatlar
- #Abduqodir Toshqulov
- #Mahalliy Universitetlar
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…