Toshkent shahrida huquq-tartibot idoralari xodimlari yana bir moliyaviy piramidani fosh etdi. Bu haqda shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, moliyaviy piramida asoschisi Telegram’da guruh va kanal yaratgan. Unda dastlab 125 kishi bo‘lgan. Ular besh kishi iborat qismlarga bo‘lingan. Qoidalarga ko‘ra, ishtirokchi 1 million so‘m o‘tkazadi, bir hafta o‘tib esa 1,7 million so‘m qilib qaytarib oladi.
«Hamma o‘z navbatida pul oldi. Keyin odamlar qarindoshlarini guruhga qo‘shishni boshladi va ishtirokchilar soni ko‘paydi. Shundan so‘ng tuzilma buzildi», — degan piramidani tashkil qilgan ayol.
Uning reklama bilan shug‘ullanadigan ikkita yordamchisi bo‘lgan va ular odamlarga shartlarni tushuntirgan.
Ayol bir hafta ichida muayyan mablag‘ni 70 foiz oshirib berishga va’da bergan. Lekin pullarni o‘zlashtirib olgan. Bu bo‘yicha 60 dan ortiq kishi IIBga murojaat qilgan.
«Qoidaga ko‘ra, pulning bir qismi depozit omonatga yuborilgan. Yana bir qismi adminlarga jo‘natilgan. Shunda ham o‘zimga qanchadir miqdorda pul qolardi», — deydi u.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi 2-qismi (pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni noqonuniy jalb etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»