Patrul-post xizmati saf bo‘linmalari tarkibida otliq otryadlar tashkil etiladi

1 daqiqa o'qish1K
Patrul-post xizmati saf bo‘linmalari tarkibida otliq otryadlar tashkil etiladi
O‘zbekistonda patrul-post xizmati saf bo‘linmalari tarkibida otliq otryadlar tashkil etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi tomonidan 15 iyun kuni qabul qilingan qarorda keltirilgan.

Hujjatga ko‘ra, ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati saf bo‘linmalari tarkibida otliq otryadlar bosqichma-bosqich tashkil etiladi hamda mazkur otryadlar xizmat otlari, tegishli transport vositalari va anjomlar bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati saf bo‘linmalari otliq shtat birliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining amaldagi shtat birliklari doirasida shakllantiriladi.

2023-2026 yillarda ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati saf bo‘linmalarini avto va mototransport vositalari, xizmat otlari va anjomlar bilan ta’minlash dasturi doirasida otliq otryadlarga qorabayir zotli otlar mazkur sohaga ixtisoslashgan mahalliy tashkilotlar tomonidan yetkazib beriladi.

Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda otliq otryadlarning tuzilmasini, ushbu otryadlar to‘g‘risidagi nizomni, ularning xodimlari uchun xizmat kiyimining namunasini, ularni ekipirovka, anjom va boshqa zarur vositalar bilan ta’minlash bo‘yicha tabel me’yorlarini hamda xizmat otlarining kirim-chiqim qilinishi, saqlanishi, parvarish qilinishi, o‘rgatilishini hamda yem-xashak, zootexnika va veterinariyaga oid hamda boshqa anjomlar bilan ta’minlanishini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi qo‘llanmani ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?