Alisher Qodirov «lo‘lichilik qilmang» degan gapiga izoh berdi

1 daqiqa o'qish2.9K
Alisher Qodirov «lo‘lichilik qilmang» degan gapiga izoh berdi
Oliy Majlis qonunchilik palatasida 21 iyun kuni «Elektron dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokama qilingan va unda deputatlar Alisher Qodirov va Rasul Kusherbayev o‘rtasida bahs yuzaga kelgandi. «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi yetakchisi tortishuv davomida aytgan gapiga izoh berdi.

Elektron dalil masalasida yuzaga kelgan bahs davomida Alisher Qodirov Rasul Kusherbayevga qarata «lo‘lichilik qilmang, eshiting gapimni», degan. Bu esa o‘z navbatida ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari o‘zi aytgan gap va uning atrofidagi fikrlarga munosabat bildirdi:

«Lo‘lichilik» degan so‘zni ishlatdim, bundan haqorat yasamoqchi bo‘lishyapti.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston qahramoni Said Ahmad «Cho‘l shamollari» asarida «Komil lo‘lilik qilib birovga gap bermay bidirlar, Qo‘ziboy esa to‘ng‘illar edi», deganda yoki Hamidaxon Ziyoxonova «Birinchi maktub» hikoyasida «Arzanda qiz maktabda ham lo‘liligi, urushqoq va beboshligi bilan nom chiqardi» degan jumlalarni ishlatganda lo‘li vatandoshlarimizni haqorat qilganmidi? Lo‘lilar bu asarlarni o‘qib, o‘zlarini kamsitilgandek his qilganlariga jiddiy shubham bor.

Har bir millatning o‘ziga xos sifatlari bo‘ladi. O‘zbeklarni «o‘zbekchilik» degan so‘z bilan xos sifatlarini aytish haqorat bo‘lmaganidek, lo‘lilarni ham ularga xos bo‘lgan xususiyatlarining nomi «lo‘lichilik»dir. Qachondan boshlab milliy xususiyatlar haqorat bo‘lib qoldi? Bu so‘zdan millatchilik yoki milliy kamsitishni izlash uchun juda qattiq g‘azabda yoki sog‘lom aqldan ayrilgan bo‘lish kerak.

Menimcha, bir so‘zdan haqorat yasamoqchi bo‘layotganlarni lo‘lilarning sha’ni emas, Jinoyat protsessual kodeksida o‘tmay qolgan «elektron dalillar» tuynugi yo‘liga qo‘yilgan to‘siq ko‘proq tashvishga solmoqda.

Men uchun inson Allohning yaratgan bandasi, oliy mavjudotdir, o‘zbekmi, rusmi, qozoqmi yoki lo‘li, farqi yo‘q. Insonni millatiga qarab emas, tarbiyasiga qarab munosabatda bo‘laman. E’tiqodimiz hatto hayvonlarga hurmat ko‘rsatishni talab qiladi.

Lo‘li vatandoshlarni tinch qo‘ying Rasul Kusherbayev, «elektron dalillar»ingizga betaraf bo‘lishga roziman, lekin barcha deputatlar ham siz o‘ylagandek tablodagi qizil tugmaga qarab ovoz bermaydi», — degan u Telegram’dagi kanalida yozgan postida.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?