13:43 / 10.10.2022
1 604

«Yo‘llardagi o‘limni kamaytirish uchun o‘zbek chinovnigi avariyaga yo‘liqishi, yaqinini qurbon qilishi lozim» — faollar Toshkentda sodir bo‘lgan dahshatli YTH haqida

«Yo‘llardagi o‘limni kamaytirish uchun o‘zbek chinovnigi avariyaga yo‘liqishi, yaqinini qurbon qilishi lozim» — faollar Toshkentda sodir bo‘lgan dahshatli YTH haqida
Toshkent shahrining Muqumiy ko‘chasida 9 oktabr kuni tunda 4 ta transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Voqea aks etgan tasvirlardan ko‘rinishicha, katta tezlikda kelgan 30 yoshli R.M. boshqaruvidagi BMW avtomobili boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi to‘siqqa urilib, qarma-qarshi yo‘nalishdagi Nexia-3 avtomashinasining ustiga borib tushgan. Hodisa oqibatida Nexia-3 avtomashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur YTH tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi va shaharsozlik uchun mas’ul bo‘lgan idoralarga nisbatan e’tirozlar ortdi. «Daryo» nashri faollarning holat yuzasidan bildirgan munosabatlarini jamladi.

Davletovuz:
O‘zbekistonda yaxshi reforma uchun aqlli boshlar kerak. Aqlli bosh reforma qilishi uchun muammo/fojiani tanasida his qilishi shart emas.

Ammo yo‘llardagi o‘limni kamaytirish uchun o‘zbek chinovnigi avariyaga yo‘liqishi, yaqinini qurbon qilishi lozim.

Muhrim:
Toshkentda bir soat avval bo‘lgan avariya. Toshkent uchun bunday «palakat» avariyalar yangilik emas. Oxirgisi ham bo‘lmasa kerak. To biror kattakonning o‘zi yo bolasi o‘lmagunicha.

Xushnudbek.uz:
Ming afsus, o‘z yo‘lida qoidani buzmasdan, sekingina kelayotgan Nexia haydovchisi va uning yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘libdi

Bunaqa videolarni xuddi kino ko‘rganday ko‘rishga o‘rganib qolganmiz. Terimiz qotib ketgan. Fojiani his qilmaymiz. Chunki bu voqealar biz bilan sodir bo‘lgani yo‘q. O‘shanchun bizga qiziq emas. O‘shanchun shahar ichida tezlikni kamaytiraylik desa, voy-doood deb ayyuhannos solamiz.

Yo‘l harakati xavfsizligiga mas’ullarning ishi ham sust. Gapirtirsa olamni buzgudek ishlar qilgan bo‘lib chiqadi, lekin amaliyotda bu deyarli sezilayotgani yo‘q. Qachon qoidabuzarliklar uchun jarima tizimi ishga tushadi? Qachon hamma ko‘chalarimizda kameralar, fotoradarlar bo‘ladi? Qachon yo‘llarimiz harakat uchun xavfsiz ko‘rinishga keladi? Qachon qonunlar barcha uchun birdek amal qilishni boshlaydi va javobgarlikning muqarrarligi ta’minlanadi?

Bu ishlar bo‘lgunicha yana qancha odam o‘lishi kerak?

Troll.uz:
Yo‘l harakatlanish xavfsizligi tizimi to‘liq isloh etilishi zarur...

O‘zbekiston yo‘llarida bordyur emas tramplin o‘rnatilgan! 50 km tezlik bilan yursa ham sakratadi mashinani.

Shu yo‘llarni loyihalashtirgan, bordyur ishlab chiqargan va shunday bordyurlarni qo‘yishga ruxsat bergan barcha kaltafahmlar qanchadan qancha falokatlar va o‘limlarda aybdor.

Bu falokatda aybdorlar:
1. Tezlikni oshirgan va boshqaruvni yo‘qotgan BMW haydovchisi.
2. Yo‘llarni loyihalashtiruvchi tashkilotlar.
3. Xavfsizlik standartlariga umuman javob bermaydigan mashinalarni xalqqa sotayotgan UzAuto.

Foto: trolluz

Effekt Makarenko:
Hamma Maxtumquli ko‘chasida uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan avariyani muhokama qilmoqda. Baxtsiz hodisaning asosiy aybdori — Maxtumquli ko‘chasi loyihachilari. O‘zingizni aldash va hamma narsani «madaniyat»ga to‘nkashning keragi yo‘q.

To‘g‘ri rejalashtirilgan shahar ko‘chasida bunday voqea sodir bo‘lishi mumkin emas. Chunki bunday ko‘cha o‘rtasida daraxtlar yoki to‘siqlardan iborat yashil maydon bo‘ladi. Bunaqa tezlikda yurishga imkon bermaydigan muhandislik yechimlari — maxsus profillar, past-balandliklar va cheklovlar bo‘ladi.

Toshkentdagi ko‘chalarni havaskorlar rejalashtirib, qurmoqda — aslida ularga hatto xususiy uydagi piyodalar yo‘lagini (trotuar) ham ishonib bo‘lmaydi. Shahrimizni layoqatsiz odamlar boshqaradi. Bu fakt. Ko‘chalar shu holicha: piyodalar va haydovchilar uchun ajal trassalari bo‘lib qolar ekan, hech nima o‘zgarmaydi.

Muxbir Daliev:
Bu kino emas! Bu bizning hayotimizda bo‘lyapti. Lokdaun bo‘lmasayam ko‘chaga chiqmay yashaymiz shekilli. Mashinani tagida o‘lib ketish hech gapmas bo‘lib qoldi. Bir narsa devoringlar, avtoshkolalar .

Shahnoza Soatova blogi:
Kech bo‘lganda yashaydigan uyimiz yaqinida sodir bo‘lgan dahshatli YTH uyquni o‘chirdi. Tarmoqda falokatning turli rakurslardan olingan videolari aylanmoqda. Hozircha ustiga qora mashina qulagan oq Nexia-3 dagi haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘lgani ma’lum.

Men dahshatga tushyapman: avtohalokatlar xabarini o‘qish boshqa, unga guvoh bo‘lish, ovozini eshitish, dahshatini his qilish boshqa ekan!

Har kuni shu yo‘ldan yuraman, farzandlarim o‘qishga qatnashadi, xuddi minalangan maydon ustida yurarkanmiz.

Sanoqli soniyalarda o‘z yo‘lida qoidalarga rioya etib ketayotgan odamlar ustiga osmondan bombadek bir balo tushdi va hayotiga nuqta qo‘yildi.

Videoda qora mashina katta tezlikda uchib kelgani ko‘rinib turibdi. Bu yo‘lda kechki payt katta tezlikda yuradigan mashinalarni ko‘p uchratamiz. Kameralar ishlamaydimi deb o‘ylayman ba’zan.

Yo Olloh, yo‘llarimizda odamlarni o‘zing hifz-u himoyatingga ol, falokatlaringdan asra.

Mas’ullarga yana o‘sha savol: qachon yo‘llarimiz xavfsiz bo‘ladi?

Zambarakning o‘qi:
Buni qarang, ikki begunoh bevaqt dunyodan ko‘z yumdi. Ularning oilasi, farzandlari, ota-onasi ortidan chirillab qoldi.

Bu vahshiy qotillikda kim aybdor? Avvalo, haydovchi. O‘zi o‘lsayam go‘rga, ikki begunohni go‘rga tiqdi.

Nega qisib yurolmaydi? Bungayam sabablar talaygina. Birinchidan, jazo muqarrarligi yo‘q. Yo'Q. Ikkinchidan, «kotta bollar» katta jiplarida boshqa mashinalarni siqib ketsa, buni ko‘rgan yoshlar nima qiladi? Havas qiladi, oliftagarchilik qilgisi, maqtangisi keladi.

Mana asosiy sabablar. Imtihon markazi, avtomaktablar bu yerda rol o‘ynamayapti. Chunki bu bola qonunni bilmaganidan buzayotgani yo‘q. Qonunni biladi, lekin katta qilib tupurgan. Chunki qonunga tupurmagan odam qolmadi O‘zbekistonda.

Xo‘p, haydovchidan tashqari yana aybdorlar bormi?

Albatta. Yo‘lni keng qilib qurganlar aybdor. Maksimal tezlikni sekinlashtirishga bir necha yildan beri qarshilik ko‘rsatayotgan deputatlar aybdor. Qonun buzilishining oldini olishdan ko‘ra, qonun buzilgandan keyin soqqa qiluvchi gailar aybdor.

Aybdorlar ko‘p. Butun tizim boshidan chirigan. Ammo asosiy aybdor — BMV haydovchisi.

Toshkentda tezlik cheklandi!

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 71-sessiyasida poytaxtning Kichik halqa avtomobil yo‘li ichida joylashgan barcha ko‘chalarda transport vositalarining harakat tezligini soatiga 60 kilometrgacha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat