Toshkentda piyodalar o‘tish joyi uchun yangi tizim ishga tushdi

Toshkent shahridagi Osiyo ko‘chasida joylashgan piyodalar o‘tish joyiga haydovchilar e'tiborini oldindan jalb qiladigan RRFB chiroqlari o‘rnatildi. Yangi tartibga ko‘ra, yo‘lni kesib o‘tishni istagan piyoda avval maxsus tugmani bosishi kerak va shundan so‘ng yorqin sariq ogohlantiruvchi chiroqlar ishga tushadi.
Osiyo ko‘chasidagi piyodalar o‘tish joyiga haydovchilar e’tiborini oldindan jalb qiladigan RRFB chiroqlari o‘rnatildi.
Yangi tartibga ko‘ra, piyoda yo‘lni kesib o‘tishdan oldin maxsus tugmani bosadi. Shundan so‘ng haydovchilar uchun yorqin sariq ogohlantiruvchi chiroqlar ishga tushadi.
Chiroqlar piyodalarni uzoqdan ko‘rishga yordam beradi va haydovchiga o‘tish joyiga yaqinlashmasdan turib tezlikni kamaytirish imkonini yaratadi.
Tizim elementlari yo‘l yoqasida, ajratuvchi qismda va yo‘lning yuqori qismida joylashtirilgan.
Hozirda loyiha sinov tariqasida ishlayapti. Samaradorlik tasdiqlansa, bunday chiroqlar poytaxtning boshqa piyodalar o‘tish joylariga ham o‘rnatilishi mumkin.































Izohlar 0
…