Shavkat Mirziyoyev 16 yanvar kuni qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda Toshkentda ruxsatsiz qurilgan obyektlar soni oshib ketganini tanqid qildi.
Prezident matbuot kotibining xabar qilishicha, majlisda poytaxtning bosh rejasi haligacha tasdiqlanmagani qayd etilib, buning oqibatida ruxsatsiz qurilgan obyektlar soni 250 dan oshib ketganini tanqid qildi.
Davlar rahbari, shuningdek, qurilishga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama bo‘yicha aniq hisob-kitob qilinmayotgani yuzasidan poytaxt mutasaddilariga qat’iy e’tiroz bildirdi.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 noyabrdagi «2021−2024 yillarda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga ko‘chirilayotgan aholi punktlarini kompleks rivojlantirish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida Toshkent hokimligiga Qurilish vazirligi bilan birgalikda 2023 yilgacha poytaxt bosh rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish vazifasi topshirilgandi.
Prezidentning 2018 yilning avgustidagi farmonidayoq Toshkentning tasdiqlangan bosh rejasi mavjud emasligi tartibsiz qurilishlarga olib kelayotgani, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada kengaytirishga imkon bermayotgani, shuningdek, poytaxtni faol ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgani qayd etilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi