Arxeologlar Amir Temur va To‘xtamishxon jang qilgan maydonni topishmoqchi

1 daqiqa o'qish1.4K
Arxeologlar Amir Temur va To‘xtamishxon jang qilgan maydonni topishmoqchi
O‘zbekistonlik va rossiyalik arxeologlar yaqin besh yil ichida O‘rta Osiyo hukmdori, sarkarda Amir Temur Oltin O‘rda xoni To‘xtamish ustidan g‘alaba qozongan maydonni aniqlash niyatida. Bu haqda Samara universiteti matbuot xizmatiga tayanib, “RIA Novosti” nashri xabar bermoqda.

“Bu yil Samara viloyatida Rossiya o‘rta asrlari tarixi uchun muhim voqealardan biri – O‘rta Osiyo Amir Temur va Oltin O‘rda xoni To‘xtamishxon o‘rtasidagi jangning aniq joyini topish bo‘yicha yirik xalqaro arxeologik loyiha boshlanmoqda. Jang maydoni qayerdaligi borasida olimlar hali ham bir to‘xtamga kelisha olmagan. Bu haqda turli xil versiyalar mavjud. Loyiha doirasida biz qazishma ishlari davomida tegishli artefakt-dalillarni topib, uzoq yillik ilmiy tortishuvlarga chek qo‘yish orqali ushbu tarixiy sirni ochishimiz kerak”, dedi S.P.Korolev nomidagi Samara universiteti arxeologiya ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi rahbari Sergey Zubov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, umuman olganda, loyiha besh yilga mo‘ljallangan bo‘lib, Temur va To‘xtamishxonning harbiy yurishlarini batafsil o‘rganish, arxeologik tadqiqotlar va Samara viloyatining turli hududlariga ekspeditsiyalar o‘tkazish rejalashtirilgan. Universitet olimlaridan tashqari, Tatariston Fanlar akademiyasi Shahobiddin Marjoniy nomidagi Tarix instituti va Alfred Holiqov nomidagi Arxeologiya instituti, Qozon, Qo‘rg‘on va Boshqird davlat universitetlari tadqiqotchilari, Samarqand davlat universiteti olimlari ishtirok etishdi, shu jumladan Yaxi G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti loyihada ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Eron va Isroil arxeologlari ushbu loyihaga qiziqish bildirishgan. Loyihada arxeolog va tarixchilardan tashqari, kimyogarlar, optik fiziklar, geofiziklar, biologlar va Samara universitetining boshqa ilmiy sohalari mutaxassislari ham ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
Arxeologlar Amir Temur va To‘xtamishxon jang qilgan maydonni topishmoqchi
Temur va To‘xtamishxon o‘rtasidagi jang 1391 yilda, Kulikovo jangidan 11 yil o‘tib, 100 kvadrat metrdan ortiq maydonda taxminan 400 ming askar ishtirokida bo‘lib o‘tgan. Arxeologlar aniq jang joyini hozirgacha topishmagan. Faqat jang Samara viloyatidagi Kondurcha daryosining qirg‘og‘ida bo‘lganligi ma’lum.

Qonli jangda Temur qiyin g‘alabaga erishgan. Ko‘pgina rus va o‘zbek tarixchilarining fikricha, Temur tomonidan berilgan zarbalardan so‘ng Oltin O‘rda nihoyat o‘z qudratini yo‘qotgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?