Kimki yuqori martabaga erishar ekan, o‘z yo‘lida ma’lum darajada boshqalarning qo‘llab-quvvatlashiga ham duch keladi. Halol ishning odatdagi talabi shuki, biz o‘zgalarga yordamimiz bilan tovon to‘lagan bo‘lib chiqamiz.
Masalan, Endryu Karnegi muvaffaqiyatga erishish ilmini bilimlarning alohida sohasi sifatida ishlab chiqishni maslahat berganida, menda tub burilish ro‘y bergan. O‘shanda u jon kuydirib meni qo‘llab-quvvatlagan edi.
Muvaffaqiyatga erishishda boshqalarga yordam ko‘rsatish ─ shaxsiy hayotingizda yutuqlarni qo‘lga kiritishning eng qisqa yo‘lidir. Har bir kishi omadi ozroq yurishgan odamga yordam berishi mumkin. O‘zining vaqti va kuch-quvvatini boshqalarning manfaati uchun nisor qiladigan kishini haqiqiy sahovat egasi deb atash kerak. U o‘z qalbini mislsiz to‘ldirib boradi, ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilikka sazovor bo‘ladimi-yo‘qmi, buning ahamiyati yo‘q.
Hayotda boshdan kechiradigan eng yorqin sinovlardan biri muvaffaqiyat cho‘qqisida turgan kishi to‘g‘risida: «Men unga shu darajaga yetishiga yordam bergan edim», ─ deb bundan qoniqish hosil qilishdir.
Qiziq, ammo insonga yo o‘zi, yoki boshqalar uchun kurashish hamisha xosdir. Men yoshligimni eslasam, bir kuni baribir qarzimni to‘lashga to‘g‘ri kelgani yodimga tushadi. O‘shanda barcha majburiyatlarim ado etilgach, juda katta qoniqishni his qilganman. Ammo oylar o‘tar ekan, bezovtaligim o‘sa borganini sezdim. Nihoyat buning sababini anglab yetdim: meni kurash tufayli ro‘y beradigan lazzatdan mahrum qilishgan edi. Bu meni muvaffaqiyatimdan voz kechish va hammasini boshidan boshlashimni bildirmasdi, albatta. Men o‘zgalarning kurashda g‘alaba qozonishlari uchun yordam berish, ularning ayrim majburiyatlarini zimmamga olish hamda muvaffaqiyat qozonish yo‘lida ishlarini yengillashtirishdan qoniqishni his etish ham mumkinligini anglab yetdim.
Bir zum o‘yga toling: bizdan hech bo‘lmaganda bir kishi hayoti mobaynida bittagina kishiga yordam berganida, dunyo qanchalik o‘zgarib ketgan bo‘lardi. O‘z navbatida har birimiz xuddi shunday yordam va qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘lardik. Boshqalarga yordam berish o‘zgacha ishbilarmonlik tuyg‘usi yuzaga kelishini ta’minlaydi. Filadelfiyaning savdo qiroli Jon Uanameyker shunday degan edi: «Eng foydali odat ─ bu to‘satdan ko‘rsatilgan foydali xizmatlar». Balki bir necha aniq misol boshqalarga yordam berish mumkinligi to‘g‘risida o‘ylashga bizni majbur etar?
Sharqiy shtatlardan biridagi do‘kon egasi o‘z biznesini oddiy usul yordamida gullab-yashnatish darajasiga yetkazdi. Uning xodimlari do‘kon bilan yonma-yon joylashgan, mashina qo‘yiladigan pullik joylarni ko‘zdan kechirib chiqardi. Agar xodim vaqt o‘tganligi haqidagi belgini payqab qolsa, teshikka tanga tashlar, xatcha qoldirib, haydovchini ortiqcha to‘lovdan xalos etardi. Haydovchilar do‘kon egasiga minnatdorchilik bildirish va nimadir xarid qilish maqsadida birin-ketin do‘konga kelishardi
Bostondagi erkaklar kiyimi do‘konining egasi savdoda har bir kostyum cho‘ntagiga chiroyli kartochka solib qo‘yar, uni galstukka almashtirish mumkin edi. Tabiiyki, xaridorlar do‘konga doimo ana shu kartochka bilan qaytib kelishar va yangi xarid bo‘yicha imkoniyatga ega bo‘lishardi.
O‘zingizni ishlashga majbur qiling. Imkoniyatlaringiz va kuch-quvvatingizni baholab boring. Sizning yordamingizga muhtoj odam bormi? U kim? Siz qanday yordam bera olishingiz mumkin? Bu pul talab qilmaydi. Kashfiyotchilik va ko‘mak berish uchun sidqidildan istak kerak, xolos.
O‘zgalarning muammosini hal qilishda yordam berishingiz shaxsiy muammolaringizni ham bartaraf etishni ta’minlaydi.
(Napoloyen Xill kitobidan)
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari