14:00 / 17.07.2024
93

Uill Smit o‘zbekistonlik modelni to‘yi munosabati bilan tabrikladi (foto)

Uill Smit o‘zbekistonlik modelni to‘yi munosabati bilan tabrikladi (foto)
Vazira ismli o‘zbekistonlik model o‘zining Instagram sahifasida FHDYO markazidagi nikohdan o‘tish marosimidan olingan suratlarini joylashtirdi. Mashhur Gollivud aktyori Uill Smit post ostida model va uning turmush o‘rtog‘iga o‘z tabrik va tilaklarini qoldirdi, deya xabar bermoqda “Podrobno.uz”.

Foto: “Podrobno.uz”

Foto: “Podrobno.uz”
Vaziraning turmush o‘rtog‘i jahon miqyosidagi gollandiyalik prodyuser Orlando Jon bo‘lib, u “Meru qasri” (The Chateau Meroux) filmi hamda “O‘lim jangi: Meros” (Mortal combat: Legacy) teleserialini suratga olgan.

Foto: Instagram

Foto: Instagram
Taxmin qilinishicha, Orlando Jon amerikalik aktyor Uill Smit bilan yaqin do‘st: Smit birinchilardan bo‘lib yoshlarga oilaviy hayot quvonchi va cheksiz baxt tilab izoh qoldirgan.

Foto: “Podrobno.uz”
Ijtimoiy tarmoqlarda kelin bayram ziyofati tez orada bo‘lib o‘tishini aytib o‘tdi. Qiziq, Smit do‘stining to‘yiga tashrif buyurarmikan?

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uill Smit o‘zbekistonlik modelni to‘yi munosabati bilan tabrikladi (foto)