Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida yongʻin sodir boʻldi (video)

1 daqiqa o'qish222
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida yongʻin sodir boʻldi (video)
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasi yonib ketdi. FVB voqea tafsilotlarini e'lon qildi.

7 oktyabr kuni soat 15:45 da Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani «Dasht» MFY hududidan oʻtuvchi, «Gʻuzor-Qarshi» avtomobil yoʻlida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida «Kamaz-512» rusumli avtomobilidan gaz saqlash yomkostiga gaz quyish vaqtida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻlgan. Chaqnash natijasida yongʻin yuzaga kelgan.

Shunga koʻra, 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji hodisa joyiga yetib borib, yongʻin oʻrab olingan va oʻchirilgan.

Yongʻin natijasida shoxobcha binosining 22 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan. Yongʻin natijasida tan jarohati olgan va vafot etganlar yoʻq.

Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan, deyiladi xabarda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?