Yulduz Rajabova nimadan qiynalgani va kuchli og‘riqni his qilgani haqida gapirdi (foto, video)

1 daqiqa o'qish791
Yulduz Rajabova nimadan qiynalgani va kuchli og‘riqni his qilgani haqida gapirdi (foto, video)
Foto: Instagram
Aktrisa Yulduz Rajabova boshlovchi jurnalist Tursunoy Alimovaga bergan intervyusida qalb kechinmalari bilan o‘rtoqlashdi.

— So‘nggi uch-to‘rt yil ichida, men emas, balki ijtimoiy tarmoqlarda hayotim haqida ko‘proq biladigan insonlar bordek tuyuldi. U paytda juda og‘ir ahvolda edim. Shu narsani tushunib yetdimki, agar qiz bola tug‘ilganidanoq otasi yoki akasi unga sevgi qanday bo‘lishi kerakligini ko‘rsatmasa yoki mehr bermasa, ayol sevgi qanday bo‘lishini bilmaydi.
Yulduz Rajabova nimadan qiynalgani va kuchli og‘riqni his qilgani haqida gapirdi (foto, video)
Foto: Instagram
— Mehr ko‘rmagan qiz ertami-kechmi kelin bo‘lganida, ehtimol turmush o‘rtog‘i unga qo‘l ko‘tarsa, buni normal holat deb o‘ylaydi. Ayol kishining hayoti bolalikdagi mehrga qanchalik bog‘liq ekanini tushunyapsizmi? Hozir meni xafa qilgan narsalar bilan yana bir bor yuzlashyapman va takror og‘riqlarni his qilyapman. Meni “Nimaga o‘shanda o‘zimni himoya qila olmadim?” degan savol qiynamoqda.

Yulduz Rajabova qanday xatolar kechirilmasligi haqida gapirdi.
Yulduz Rajabova nimadan qiynalgani va kuchli og‘riqni his qilgani haqida gapirdi (foto, video)
Foto: Instagram
— Nazarimda kechirilmaydigan xatolardan biri — bir insonning hayotini, turmush tarzini, tarbiyasini yoki fikrlarini o‘ziga mos qilib o‘zgartirish harakatidir, deb o‘ylayman. Misol uchun, sizning boshingizdan o‘tgan narsani men his qilolmayman. Men faqat eshitishim va uni sal bo‘lsa ham his qilib ko‘rishga harakat qilishim mumkin. Lekin men agar o‘z xohishim bilan sizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsam, bu bir insonning hayotiga ruxsatsiz kirish bo‘ladi.
Tasavvur qiling, siz bir inson uchun o‘zligingizdan voz kechyapsiz. Agar o‘sha insonga kerak bo‘lmay qolsangiz nima bo‘ladi?
Yulduz Rajabova nimadan qiynalgani va kuchli og‘riqni his qilgani haqida gapirdi (foto, video)
Foto: Instagram
— Men insonlarning ko‘nglini olish uchun o‘zimni yo‘qotib qo‘yganimni his qildim. Bu menga halovat bermadi. Ular bilan jismonan yaqin edim, biroq qalblar orasidagi masofa mashriq bilan mag‘rib oralig‘igacha edi, deydi Yulduz Rajabova.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?