Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Chortoq tumanidagi 8-umumta’lim maktabi direktori o‘z xizmat xonasida qimor o‘yini tashkil qilgan. Bu haqda Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 17 dekabr kuni Chortoq tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reydda maktab direktori o‘z xizmat xonasida sheriklari bilan qimor o‘ynab o‘tirgani aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ichki mehnat tartib qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani uchun maktab direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra bir tomonlama bekor qilingan.
Shuningdek, viloyat va tuman mas’ullari ishtirokida maktabda muhokama yig‘ilishi o‘tkazilib, direktor tomonidan sodir etilgan holat tanqid ostiga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda