Toshkentda navbatdagi feyk mojaroni uyushtirgan blogerlar jazolandi

1 daqiqa o'qish412
Toshkentda navbatdagi feyk mojaroni uyushtirgan blogerlar jazolandi
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati navbatdagi feyk mojaro boʻyicha axborot berdi.

Ma'lum boʻlishicha, Shayxontohur tumanidagi bogʻlardan birida tasvirga olingan videorolik ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan. Unda 1997 va 2005 yilda tugʻilgan erkak va ayol ommaviy joyda mojaroni sahnalashtirib, huquqbuzarlik sodir etgani tasvirlangan. Ushbu videoni odamlarning e'tiborini tortish va obunachilarni koʻpaytirish maqsadida maxsus uyushtirilgani aniqlangan.

Mazkur holat boʻyicha blogerlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining “Mayda bezorilik” moddasi asosida ma'muriy bayonnoma tuzildi. Ish Shayxontohur tuman jinoyat ishlari boʻyicha sudiga yuborildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Jizzax viloyatida erkak jonli ilonni yeyib, oʻz qilmishidan qattiq afsuslangani haqida xabar berilgan edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?