Toshkentda yangi tugʻilgan chaqaloq koʻchaga tashlab ketildi

1 daqiqa o'qish2.2K
Toshkentda yangi tugʻilgan chaqaloq koʻchaga tashlab ketildi
Toshkentning Yangihayet tumanida chaqaloq sumkaga solingan holda koʻchaga tashlab ketildi. Unga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, shifoxonaga olib borildi. Holat yuzasidan tekshiruv ishlari oʻtkazilmoqda.

Toshkent shahri Yangihayet tumanida 15 yanvar kuni tonggi soat 7:30 da koʻchadan chaqaloq topib olindi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.

Bozor xalta ichiga solingan chaqaloqni koʻp qavatli uyda yashovchi fuqaro topib olgan va u darhol tez yordam hamda ichki ishlarga qoʻngʻiroq qilgan.

“Biz tumanning Yoʻldosh-15 dahasida yashaymiz. Bu koʻchadagi kameralar ikki yildan beri ishlamaydi. Agar ular ishlaganida goʻdakni kim tashlab ketganini darhol aniqlagan boʻlardik”, — deydi murojaatchilardan biri.

Ma'lum qilinishicha, tez tibbiy yordam xodimlari voqea joyiga yetib kelib, chaqaloqqa birinchi yordam koʻrsatgan va u 13-sonli shahar shifoxonasiga olib ketilgan.

“Biz chaqiruv joyiga borganimizda oq sumkaga qizil adyolga oʻralgan holda yangi tugʻilgan qiz chaqaloq tashlab ketilgani aniqlandi. Uning kindigi noodatiy tarzda kesilgan. Tugʻilganiga bir yoki yarim soat boʻlgan”, — deb ta'kidladi tez tibbiy yordam shifokori Umar Odilov.

Ayni paytda chaqaloq shifokorlar nazorati ostida. Bolaning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.

“Odamlar befarq boʻlmasdan, darhol tegishli organlarga xabar berganidan xursandmiz”, — deydi shifokor.

IIV JXD axborot xizmati xodimi Soʻhrob Shomansuruvning qayd etishicha, hozirda holat yuzasidan Yangihayet tumani ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?