Toshkent viloyatida qaynona va kelin janjali chaqaloqning kuyishi bilan yakunlandi

1 daqiqa o'qish1.6K
Toshkent viloyatida qaynona va kelin janjali chaqaloqning kuyishi bilan yakunlandi
Toshkent viloyatida qaynonaning kelin bilan janjali chaqaloqning tanasining kuyishi bilan yakunlandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova ma'lum qildi.

Ma'lumotlarga koʻra, 27-yanvar kuni Toshkent viloyati, Toshkent tumanida yashovchi X.M. (1999-yilda tugʻilgan ayol) va uning qaynonasi M.X. (1966-yilda tugʻilgan) oʻrtasida janjal kelib chiqqan. Mojaro davomida qaynona ichida issiq suv boʻlgan termosni kelinga qarata uloqtirgan. Natijada, kelinning qoʻlida boʻlgan 23 kunlik chaqaloqning oyoq va qoʻl qismi kuygan. Bolaga zaruriy tibbiy muolajalar koʻrsatilgani ma'lum qilindi.

Hodisa yuzasidan Toshkent tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv boshlangan.

Bundan tashqari, mojarolar davom etishining oldini olish maqsadida kelinga bir oy muddatga himoya orderi berilgan va oila a'zolariga qoʻyilgan cheklovlar tushuntirilgan.

Manba: Kun.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?