Saida Mirziyoyeva Namangandagi 5 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi bo‘yicha munosabat bildirdi

1 daqiqa o'qish1.1K
Saida Mirziyoyeva Namangandagi 5 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi bo‘yicha munosabat bildirdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Namangan viloyatidagi bog‘chada 5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi. U jinoyat uchun eng og‘ir jazo qo‘llanishi kerakligini ta’kidlagan.

Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida Namanganda yuz bergan voqeadan xabar topganini bildirib, holatni keskin qoralagan.

Uning qayd etishicha, bunday jinoyatlar uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish masalasi ko‘rib chiqilishi kerak. Xususan, u voyaga yetmaganlarga nisbatan o‘ta og‘ir jinsiy jinoyatlar uchun o‘lim jazosini qo‘llash zarurligi haqida fikr bildirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida sodir bo‘lgan. 12 sentyabr kuni holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi — 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish hamda 112-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi K.M. shu kunning o‘zida protsessual tartibda ushlangan va unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Saida Mirziyoyeva, shuningdek, bolani himoya qila olmagan va o‘zining beparvoligi bilan ushbu holatga sharoit yaratgan mas’ullarga ham huquqiy baho berilishi kerakligini bildirgan.

Ayni paytda gumonlanuvchining aybi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan tasdiqlanmagan. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismida 14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan zo‘rlash uchun 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Mazkur holat bo‘yicha tergov davom etmoqda. Bolalar ombudsmani jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari ta’minlanishini nazorat qilayotganini bildirgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?